Hodisalar

Fargʻonada ota va bola is gazidan zaharlanib vafot etdi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Fargʻona tumanida 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi.
TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Fargʻona tumanida 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi, deb xabar qildi viloyat IIB axborot xizmati.
17 noyabr kunidan 18 noyabr kuniga oʻtar kechasi Fargʻona tumani, “Gulshan” MFY, Samo koʻchasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli oʻgʻli X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish oqibatida hodisa joyida vafot etdi.
Tergov tezkor guruhi voqea tafsiloti yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilishi maʼlum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala