Shavkat Mirziyeyev pribыl s ofitsialnыm vizitom v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Shavkat Mirziyovning Rossiyaga tashrifi 2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 2021 yil 19 noyabrda boʻlib oʻtayotgan tashrifi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. Oliy darajadagi tashrif arafasida Rossiya va Oʻzbekiston rasmiy doiralari ishtirokida hududlararo hamkorlik forumi, taʼlim va media forumlari boʻlib oʻtdi.

Rossiya-Oʻzbekiston savdo-sotigʻi yil oxirida 7 milliard boʻladi - Mirziyoyev

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyoyevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyoyevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Munosabatlarimizda oldin bunday raqam hech qachon boʻlgan emas. Oʻzaro shartnomalarimizni qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun men sizdan juda ham minnatdorman - Mirziyoyev.
TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiyaning oʻzaro savdo-sotigʻi hajmi yil oxirga borib 7 milliard dollarga yetadi, dedi Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda.
- Birinchi navbatda, meni taklif qilganingiz hamda ushbu iliq qabul uchun sizdan minnatdorman, - deb soʻz boshladi Shavkat Mirziyoyev. - Bugun Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlaridagi yutuqlarda sizning hissangiz katta.

Shuni alohida qayd etmoqchimanki, soʻnggi yillarda munosabatlarimizda juda katta oldinga siljish sodir boʻldi. Bizda oldin bunday koʻrsatgichlar hech qachon boʻlmagan: ushbu yilning 9 oyi natijalariga koʻra oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 5 milliardni tashkil qilmoqda, yil oxiriga qadar 7 milliard boʻladi. Munosabatlarimizda oldin bunday raqam hech qachon boʻlgan emas. Oʻzaro shartnomalarimizni qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun men sizdan juda ham minnatdorman.

Bosh vazirlar yetakchiligidagi hukumatlararo komissiya ham juda yaxshi faoliyat olib bormoqda. Siz qoʻllab-quvvatlayapsiz, vazirlar, qoʻshma komissiyalar ishlayapti va bular juda yaxshi natija bermoqda.
Ushbu tashrifgacha juda jiddiy ishlar amalga oshirildi: Uchta yirik forum tashkil qilindi: hududlararo hamkorlik, taʼlim va media forumlari.
Natijalar haqida gapirsak, bugun bizning qoʻlimizda, umumiy qiymati 14 milliard dollar boʻlgan loyihalar tayyorlanmoqda. Bu jiddiy natija. Biz siz bilan uch yil oldin boshlaganimizda bularning hech biri yoʻq edi. Ayniqsa hududlararo uchrashuvlar katta natija bermoqda.
Taʼlim forumi natijalariga koʻra 35dan ortiq shartnomalar imzolandi. Soʻnggi uch yilda esa Oʻzbekistonda Rossiyaning 11ta OTMi filiallari ochildi. Hozirgi kunda ularning soni 15tani tashkil qilmoqda. Yaqinda Pirogov nomidagi tibbiyot universiteti filiali bizda ochildi.
Madaniy-gumanitar, transport va siz aytgandek harbiy-texnik hamkorligi ham rivojlanmoqda.
Parlamentlarimiz orasida ham hamkorlik juda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Oldin bu ham yoʻq edi. Ular oʻz oldigan qoʻyilgan vazifalargni bajarishga juda jiddiy kirishishgan.
Bugungi kunda oramizda chuqurlashtirilgan integratsiya ketmoqda va shu sababli ham biz muhokama qiladigan mavzular koʻp. Oldin hududlararo kelishuvlarni muhokama qilgan boʻlsak bugun qoʻshilgan qiymat loyihalarini muhokama qilmoqdamiz. Bular, siz bilan mugʻokama qilganimizdek, jiddiy va yirik loyihalar, metallurgiya sohasida va ular muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Mening fikrimcha bugun bizda barcha hududlararo, ikki tomonlama munosabatlarni, xavfsizlik, Afgʻoniston, masalalarini muhokama qilish va kelajak uchun jiddiy qarorlar qabul qilish uchun yaxshi imkoniyat bor.
Vladimir Putin: Katta rahmat. Tashrifingiz uchun rahmat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala