Iqtisod

Oʻzbekiston YEOII davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor – Abdulla Aripov

© Press-slujba pravitelstva KыrgыzstanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kыrgыzstana Akramom Madumarovыm
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kыrgыzstana Akramom Madumarovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Pandemiyaga qaramay Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan savdo aylanmasi oʻsmoqda.
TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy kengashi davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor. Bu hamkorlik “yoʻl xaritasi”ning asosiy bosqichlarini bosh vazir Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida maʼlum qildi.
Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan oʻzaro hamkorligi dunyodagi epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq qiyinchiliklarga qaramay rivojlanmoqda, dedi u videokonferensiya formatidagi yigʻilishda.

Birinchidan, pandemiya davom etayotganiga qaramay, Oʻzbekistonning YEOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi jadal oʻsib bormoqda. 10 oy yakunlariga koʻra, bu koʻrsatkich 30 %ga oshdi

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v uzkom sostave v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulla Aripov
Oʻzbekiston bosh vaziri
Qoʻshma ishchi guruh joriy yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi yigʻilishda Oʻzbekistonning kengash mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorligini muhokama qildi. Hozir respublikaning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qoʻshilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Aripovga koʻra, Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo davlatlar bilan savdo protseduralarini raqamlashtirishdan manfaatdor. Xususan, temir yoʻl yuk tashishni raqamlashtirish amaliy qiziqish uygʻotmoqda.
Bundan tashqari, ittifoq doirasida yuqori texnologiyali qoʻshma korxonalar tashkil etish va oʻzaro taʼminotni koʻpaytirish Oʻzbekiston manfaatlariga mos keladi.
"Oʻzbekiston YEOIIga zarur boʻlgan bir qator qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kafolatli yetkazib berishni amalga oshirishga tayyor. Oʻz navbatida, biz ham ittifoq davlatlaridan oziq-ovqatning ayrim turlarini xarid qilishdan manfaatdormiz", - dedi Aripov.
Oʻzbekiston bosh vaziri mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikning qoʻshma dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.
2020 yil dekabr oyi boshida Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oldi.
Ayni paytda Yerevanda boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida YEOIIga aʼzo davlatlar vakillari Covid-19’ga qarshi kurash choralari va tashkilot doirasidagi hamkorlikning boshqa shakllarini muhokama qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala