O‘zbekiston va Rossiya: Ikkinchi mediaforum yakunlari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVtoroy Rossiysko-uzbekskiy mediaforum
Vtoroy Rossiysko-uzbekskiy mediaforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Obuna bo‘lish
OAV sohasidagi islohotlar haqida Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi jurnalist, amaldor va soha ta’lim muassasalari rahbarlari aytib berishdi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Moskvadagi “Rossiya Segodnya” XAA multimedia markazi binosida Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston mediaforumi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar orasida ikki davlat yetakchi OAVlari vakillari, jurnalist, amaldor va sohadagi ta’lim muassasalari rahbarlari bor edi.
Kim axborotga egalik qilsa u dunyoni egallaydi
Inson tafakkuriga ta’sir qilish borasida bugungi kunga qadar OAVga teng keladigani yo‘q. Shu sababli ham ommaviy axborot vositalari zamoanviy odam uchun ko‘p jihatdan dunyo tasavvurini shakllantiradi, uning voqea va hodisalarga munosabatini belgilaydi.
Ikkinchi tomondan bu juda katta javobgarlikni ham talab qiladi, deb hisoblaydi Rossiya Raqamli rivojlanish va OAV vaziri o‘rinbosari Bella Cherkesova.
“Biz bunga pandemiya sharoitida amin bo‘ldik. Ko‘plab dunyo izlanuvchilari o‘tgan ikki yilda butun dunyo bo‘ylab OAVga ishonch o‘rtacha 6%ga oshganini ma’lum qilishmoqda”, - dedi Cherkesova.
Zamonaviy OAVlarga ishonch ortishi uqun ulardan tarqalayotgan axborot dolzarb va ishonchli bo‘lishi kerak, dedi vazir o‘rinbosari.

Rossiya O‘zbekiston bilan tajriba almashishga tayyor

O‘zbekistonda OAV va so‘z erkinligi sohasida o‘zgarishlarni “Rossiya Segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov yuqori baholadi.
“O‘zbekiston so‘z erkinligining to‘lqinli ummoniga naqadar dadil kirib kelgani meni hayratga soldi. Biz bu yo‘lda juda ko‘p g‘urra orttirdik va o‘z tajribamiz bilan bajonidil baham ko‘rishishga tayyormiz”, - dedi Kiselov.
Kiselov Rossiyada so‘z erkinligiga 30-yil to‘lganini va ushbu davr mobaynida Rossiya turli bosqichlarni boshidan o‘tkazib, katta tajriba orttirganini ma’lum qildi.
“Biz ushbu yo‘lda ko‘plab g‘urra orttirdik, va so‘z erkinligi mamlakatga qarshi ishlatilishi mumkinligini tushundik. Aynan shuning uchun ham bizning tajribamiz O‘zbekiston uchun qimmatli bo‘lishi mumkin. Biz bu tajriba bilan bajonidil baham ko‘rishishga tayyormiz”, - dedi “Rossiya Segodnya” bosh direktori.
Shuningdek, Dmitriy Kiseleyov O‘zbekistonda Sputnik agentligi faoliyati haqida ham aytib berdi.
“O‘zbekistonda bizning Sputnik agentligimiz vakolatxonasi ishlaydi. Biz u yerda xodimlarimiz sonini 20 kishiga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bu Rossiyadan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Rossiyaga kelayotgan axborot oqimini kuchaytirishga yordam beradi", — dedi Kiselov.
O‘z navbatida O‘zbekiston Jurnalistlar Ittifoqi raisi Olimjon Usarov Moskva va Toshkentda ikki davlat OAVlarining vakolatxonalarini tashkil qilishni taklif qildi.

O‘tmishsiz kelajak yo‘q

Ikki davlat yoshlarini tarbiyalash uchun umumiy tarix juda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi Umumrossiya davlat teleradiokanali (VGTRK) bosh direktori Potr Fodorov.
“Bugun O‘zbekistonda ko‘p narsa o‘zgargan bo‘sa-da, lekin bir narsa o‘zgarmagan – ko‘p millatli xalqning oltin yuragi”, - dedi Fodorov.
O‘zbek xalqining urush yillarida ko‘rsatgan qaxramonliklari haqida hikoya qilarkan, Fodorov O‘zbekiston urush vaqtida Rossiya, Ukraina, Belarus va Boltiqbo‘yidan minglab qochoqlarni qabul qilganini esga oldi.
“O‘zbekiston yangi bolalar uylari tashkil qilinmagan yagona respublika bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Chunki sizlarning ayollaringiz Leningrad va Kiyevdan kelgan ota onasi va uy-joyidan mahrum bo‘lgan bechora bolalarni vokzalning o‘zidanoq olib ketishardi”, - dedi Fodorov.

O‘zbekistonning hali qiladigan ishi ko‘p

O‘zbekistonda OAV sohasida islohotlar haqida so‘z ketganda, AOKA direktori Asadjon Xo‘jayev 2018-yilda O‘zbekistonda ilk bor jurnalistika va ommaviy axborot universiteti tashkil qilinganini aytib o‘tdi.
Ushbu OAV professional jurnalistlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, matbuot kotiblari faoliyatini islohot qilish natijasida davlat va jamiyat orasida ko‘priq qurishga muvaffaq bo‘lingan. Ushbu choralar O‘zbekistonda axborot maydonini to‘yintirishga hissa qo‘shgan.
Xo‘jayev aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda tarqalayotgan axborot kontentining yarmi - davlat organlining axborot xizmatlaridan tarqalmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, Xo‘jayev hali qiladigan ishlar ko‘pligini ta’kidladi. Xususan, qonunchilik asoslarini takomillashtirish, jurnalistlarni himoya qilish masalalari borasida. OAV vakillari o‘z faoliyatini olib borganda o‘zlarini xavfsiz his qilishlari kerakligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0