Rossiya va O‘zbekiston viloyatlarini o‘zaro nima bog‘laydi

© Foto : LADAAvtomobil Lada Vesta CV Cross
Avtomobil Lada Vesta CV Cross - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya ishtirokida O‘zbekistonning qaysi hududlarida yangi korxonalar paydo bo‘ladi — Sputnik materialida.
Bu hafta davomida ham O‘zbekiston, ham Rossiya OAVlari hududiy hamkorlik mavzusini faol yoritmoqda. Rossiya - O‘zbekiston o‘rtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi doirasida davlatlar o‘rtasida 8,9 mlrd $ shartnomalar tuzildi.
Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma loyihalarni ko‘proq qaysi hududlarda rivojlantirmoqda? Bu savolning javobi - Sputnik O‘zbekiston materialida.

Eng muhimi

Ikki tomonlama hamkorlikning eng yorqin misollarini 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
“Toshkent viloyatida tataristonlik hamkorlar bilan “Ximgrad” yuqori texnologiyali sanoat parki tashkil etilmoqda. Yaqinda Jizzax viloyatida Moskva viloyati investorlari ishtirokida ko‘ptarmoqli agrologik markaz ishga tushadi”, — dedi u o‘zining tabrik nutqida.
Bundan tashqari, Samara viloyati kompaniyalari Buxoroda yirik issiqxona majmuasi qurishni boshladi. Ingushetiya tadbirkorlari bilan Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik klasterini kengaytirish loyihasi amalga oshirilmoqda, dedi Mirziyoyev.
Rossiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi ko‘plab kelishuvlar natijalari raqamlarda aniqroq ifodalangan. Birgina joriy yil yanvar-avgust oylarida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,9 mld $ni tashkil etdi. Ya’ni 8 oyda mamlakatlar o‘tgan yilgi tovar aylanmasining 66 % bajarishdi (2020 yilda tovar ayirboshlash 5,9 mlrd $).
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Putin va Mirziyoyev 18ta ikki tomonlama hujjat imzoladi
O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 2 mingdan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Rossiyada O‘zbekiston biznesi ishtirokidagi korxonalar soni 600 tani tashkil etadi.
2020 yilda Rossiyaning 70ta subyekti O‘zbekiston bilan hamkorlik qildi. Eng faol quyidagi shaharlar va viloyatlar bo‘ldi: Moskva, Moskva viloyati, Chelyabinsk viloyati va Sankt-Peterburg.

Rossiya

Chelyabinsk viloyati

Bu yil Chelyabinsk viloyati barcha viloyatlar orasida O‘zbekistonga birinchi eksportchi bo‘ldi, dedi viloyat gubernatori Aleksey Teksler. Bunga joriy yil aprel oyida mahalliy ishbilarmon-doiralari 60 nafar vakilining “Innoprom” sanoat ko‘rgazmasi ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrifi katta yordam berdi.
O‘zbekiston - MDH davlatlari orasida Magnitogorsk metallurgiya zavodi mahsulotlarining eng yirik iste’molchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, Chelyabinsk viloyatida ishlab chiqarilgan “Ural” avtomobillari, neft va gaz uskunalari, o‘ziyurar texnika, makaron mahsulotlariga respublikada talab katta.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Rossiya-O‘zbekiston savdo-sotig‘i yil oxirida 7 milliard bo‘ladi - Mirziyoyev
Chelyabinsk viloyati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan izolyatorlarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi, dedi Teksler.
Gap shundaki, Chelyabinsk viloyatida joylashgan Yujnouralsk armatura- izolyator zavodi Rossiyada yuqori voltli elektr uzatish liniyalari uchun izolyatorlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Yangi kelishuv O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni nazarda tutadi. Ya’ni, respublikada 4 turdagi izolyatorlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, rossiyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislar bu sohada qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishni rejalashtirgan.
Bunday loyihaning amalga oshirilishi butun Markaziy Osiyodagi elektr uzatish liniyalari podstansiyalarini izolyatorlar bilan ta’minlaydi, deydi Aleksey Teksler.

Samara viloyati

Pandemiya Samara viloyatining O‘zbekiston bilan tashqi savdosiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi – aksincha, 2020-yilda u 19,7 %ga oshdi.
Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarovga ko‘ra, viloyat ayniqsa Toshkent, Toshkent, Namangan, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s predstavitelyami sotsialnix organizatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini baholadi
Jizzax viloyatida “Lada” avtomobillarini yig‘ish zavodi ishlamoqda. Samaradagi “Pegas-Agro” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib bermoqda. “AKOM” korxonasi O‘zbekistonga yengil va yuk avtomobillari uchun 48 mingga yaqin akkumulyator batareyasini eksport qildi. “Tajmash” zavodi esa Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlariga uskunalar yetkazib bermoqda.
Samara viloyati va O‘zbekiston gumanitar sohada ham faol hamkorlik qilmoqda. Viloyatdagi xorijlik talabalarning chorak qismi - O‘zbekiston fuqarolari.
Bundan tashqari, Samarada Xalqlar do‘stligi xiyoboni paydo bo‘ldi. Dmitriy Azarov aytishicha, bu Samarada yashovchi xalqlar haqida hikoya qiluvchi katta etnografik majmua. Shuning uchun bog‘da o‘zbeklarga bag‘ishlangan zona ham mavjud.

Rostov viloyati

Viloyatning O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 2020-yilda 151 mln $ni tashkil etdi. Aprel oyida respublikada “Rostselmash kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Rostov viloyatining qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonasi Chirchiq shahrida o‘zbekistonlik fermerlarga o‘z ishlab chiqarish maydonchasini ko‘rsatdi.
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kirgizstana Akramom Madumarovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor – Abdulla Aripov
Shuningdek, Novocherkassk elektrod zavodi O‘zbekiston metallurgiya kombinati uchun 1,5 ming tonna elektrod jo‘natmoqda. Bundan tashqari, mebel savdosi rivojlanmoqda. Italiyaga buyurtma asosida mebel yetkazib beruvchi “Almaz” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda ham sotmoqda.

O‘zbekiston

Jizzax viloyati

Viloyat hokimi Ergash Saliyevga ko‘ra, Rossiya - Jizzaxning asosiy iqtisodiy hamkori hisoblanadi. Ikki tomonlama hamkorlikning lokomotivlari - avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va kimyo sanoati.
Jizzax viloyati Tatariston, Udmurtiya, Rostov, Omsk, Chelyabinsk, Tumen va Samara viloyatlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Oliy darajadagi tashrif oldidan TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Natijada 4-yilda Jizzax viloyatida Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2 barobarga ko‘payib, 40tani tashkil etdi.
Mintaqalararo forum doirasida viloyat Rossiya hududlari bilan umumiy qiymati 200 mln $ 28ta investitsiya va savdo hujjatlarini imzoladi.
“Suvni tozalash uskunalarini yig‘ish, yoritish moslamalari, sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish ko‘zda tutilgan”, – deydi viloyat hokimi.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona viloyatida Rossiya kapitali ishtirokidagi 33ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda umumiy qiymati 40,1 mln $ o‘nta loyiha amalga oshirilmoqda.
Rossiya Farg‘ona viloyati meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Eng ko‘p viloyat Rossiya bozoriga uzum, o‘rik, xurmo, gilos va shaftoli eksport qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Forum doirasida Qoraqalpog‘iston Rossiya subyektlari bilan umumiy qiymati 144,4 mln $ shartnomalar imzoladi. 2020-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 108 mln $ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil o‘tgan 10 oylik yakunlarida 120 mln $.
“2018 yilda 13 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir ularning soni 37taga yetdi”, – deydi Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengashi raisi Murat Kamolov.
Joriy yilda Qoraqalpog‘istonga kiritilgan Rossiya investitsiyalarning umumiy hajmi 44,2 mln $ni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0