Oliy darajadagi tashrif oldidan TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘Zbekiston tashqi ishlar vazirlari oliy darajada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvga tayyorgarlik yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi oldidan ikki davlat tashqi ishlar vazirninging uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov Moskvada 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Shavkat Mirziyoyevning moskvaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya orasida turli sohalarda hamkorlik qilishga doir 18ta shartnoma va kelishuvlar imzolanishi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu hujjatlar orasida quyidagilar bor:
Xalqaro yadroviy va radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma;
Biologik xavfsizlikni ta’minlash memorandumi;
Axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi shartnoma;
Qurilish, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma;
Undan tashqari TIV rahbarlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ham imzolandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga ko‘ra ushbu shartnoma Rossiya va O‘zbekistonning xalqaro maydonda ham umumiy ham milliy ustuvorliklarini olg‘a surish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Abdulaziz Kamilov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarilgan. Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuv o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochish va turli sohalarda aniq vazifalarni belgilish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun 19-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tashrif doirasida Rossiya prezidenti bilan uchrashuv, shartnomalarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0