Toshkent va Moskvada Rossiya va O‘zbekiston OAVning muxbirlik punktlari ochilishi mumkin

© Fotolia / Mihajlo MaricicIntervyu
Intervyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Obuna bo‘lish
Moskva shahrida O‘zbekiston gazetalari, televideniyasining o‘z muxbirlik punktlarini va Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasi gazetalari, televideniyesi va radiosining o‘z muxbirliklarini tashkil etadi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi arafasida, 18-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Rossiya media-forumi bo‘lib o‘tdi.
Media-forum ishida O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov nutq so‘zladi.
Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etildi
O‘sarov ta’kidlaganidek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, media soha vakillari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish, axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
"Meni fikrimcha, aynan shu jabhada oldimizda ko‘plab masalalar turibdi. Albatta, jurnalistikamiz ikki davlat o‘rtasidagi iliqlashgan siyosiy muhit va ishbilarmonlik aloqalarini yoritishda ortda qolmoqda. Bu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun bunday media-forumlarni nafaqat poytaxtlarda, balki viloyatlarda ham muntazam ravishda o‘tkazib turish maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deya qayd etdi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbari.
Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Sputnik O‘zbekistonda faoliyatni kengaytirib, xodimlar sonini ko‘paytiradi – Kiselov
O‘sarovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya jurnalistikasi oldida yagona maqsad turibdi, u ham bo‘lsa – xalq va davlat, fuqarolik jamiyati hamda hukumatning barcha tuzilmalari o‘rtasida o‘ziga xos bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lishdir.
O‘zbekistonda rus tilida 73 ta bosma nashrlar chiqadi, bir vaqtning o‘zida o‘zbek va rus tillarida 96 ta gazeta va jurnal chop etilmoqda, o‘z materiallarini faqat rus tilida chop etuvchi 126 ta axborot saytlari faoliyat ko‘rsatmoqda, o‘nlab tele va radiokanallar o‘z kontentini rus tilida ham chop etib keladi. Ular tabiiyki, yuqori malakali jurnalist kadrlar, menejerlar, media-sanoatga aloqador bo‘lgan turli profildagi mutaxassislarga ehtiyoj sezadi.
Shu ma’noda, media-forumda Rossiya va O‘zbekiston OAVlari hamkorligi istiqbollarini muhokama qilish ijobiy natijalar berishi mumkin, deya fikr bildirdi O‘sarov.
Generalniy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Dmitriy Kiselov O‘zbekistonda so‘z erkinligi haqida gapirdi
"O‘z vaqtida O‘zbekiston jurnalistlarining Rossiyaga va Rossiya jurnalistlarining O‘zbekistonga tashriflari muntazam amalga oshirilar edi, o‘zaro tajriba almashardik, u yoki bu holatlarda bir-birimizga ko‘mak berardik. Ayni vaqtda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining jurnalistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lardi", — deya ta’kidladi O.O‘sarov.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov o‘z chiqishi davomida qator boshqa takliflarni ilgari surdi:
xususan, ikki davlat jurnalistlari ijodiy uyushmalari huzurida ikki davlatning dolzarb muammolarini yoritish va ularga yechim topish uchun doimiy faoliyat yurituvchi matbuot markazlarini tashkil etish;
Rukovoditel direksii mejdunarodnix otnosheniy VGTRK Petr Fedorov na Vtorom Rossiysko-uzbekskom mediaforume v Mejdunarodnom multimediynom press-sentre MIA Rossiya segodnya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Rossiya-O‘zbekiston: Potr Fodorov o‘zbek xalqining oltin yuragi va xalqlar do‘stligi haqida
O‘zbekiston va Rossiya to‘g‘risida muntazam tele va radio ko‘rsatuvlar tayyorlash, ularni ikki mamlakat tele va radiokanallarida namoyish etish masalasini ko‘rib chiqish;
Toshkent va Moskva shaharlarida har ikki davlat olimlari va jurnalistlari ishtirokida zamonaviy mass-media muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish;
Rossiya poytaxti Moskva shahrida O‘zbekiston gazetalari, televideniyasining o‘z muxbirlik punktlarini va Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasi gazetalari, televideniyesi va radiosining o‘z muxbirliklarini tashkil etish;
O‘zbek jurnalistlarining Rossiya Federatsiyasiga, Rossiya jurnalistlarining – O‘zbekistonga press-turlarini yo‘lga qo‘yish.
Yangiliklar lentasi
0