Iroqda biz uchun hech narsa yo‘q - Belarus-Polsha chegarasidan intervyu

Obuna bo‘lish
Biz Iroqqa qaytib ketmaymiz. U yerda biz uchun hech narsa yo‘q. Chegara yopilsa ham biz shu yerda qolib kutamiz - iroqlik qiz.
TOShKENT, 20 noya - Sputnik.
- Bu yerga kelganingizga qancha bo‘ldi, bu yerda nimani kutayapsiz?
Biz bu yerga kelganimizga 100 kundan oshdi. Biz Iroqqa qaytib ketmaymiz. U yerda biz uchun hech narsa yo‘q. U yerga qaytish xavfli. U yerda bizga yordam beradigan biror kishi yo‘q. Bolalarimizning o‘qishi yoki kelajagi uchun hech narsa yo‘q.
- Lekin chegara yopiq-ku, sizlar baribir shu yerda kutaverasizlarmi?
- Ha, bu yerda kutayotganlarning hammasi umid qilmoqda. Hech kim bizda imkon yo‘q deb o‘ylamaydi.
- Chegara mutlaq yopilsa-chi, unda nima qilasizlar?
- Biz shu yerda qolamiz. Kutamiz.
- Bu yerda sharoit yaxshimi?
- Ha juda yaxshi, binoning ichkarisi issiq. Ikkinchi qavat judayam issiq.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Belarus - Polsha chegarasida 12 mingga yaqin qochoqlar to‘planib qolgan. Ular Iroq, Turkiya va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlaridan Belarus hududi orqali Yevropa, asosan Germaniyaga yetib olish ilinjida bu yerga kelishgan edi. Lekin so‘nggi oy davomida Polsha hukumati qochqinlarni o‘tkazmaslikka qaror qilgan va chegarani qattiq qo‘riqlashni boshlagan edi. Bir necha kun oldin chegara yaqinida to‘plangan qochoqlar ustidan sovuq suv ham sepgani bir qator rossiyalik va yevropalik ekspertlar tomonidan keskin qoralangan edi.
O‘z navbatida Belarus hukumati qochoqlarni kunlik ovqat issiq kiyim bilan ta’minlab turibdi. Shuningdek o‘z vataniga qaytish istagida bo‘lgan qochoqlar ro‘yxati ham tuzilmoqda. Belarus ular uchun kerakli manzilgacha charter parvozlar tashkillashtirishga tayyorligini e’lon qilgan.
Yangiliklar lentasi
0