O‘zbekistonda “Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy tashkiloti yaratiladi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaDelegatsiya Minzdrava Rossii vo glave s Mixailom Murashko posetila parke Pobedi v Tashkente
Delegatsiya Minzdrava Rossii vo glave s Mixailom Murashko posetila parke Pobedi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tarixiy voqelarni o‘rganish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilishni maqsad qilgan "Ajdodlar izidan" NNT ta’sis etilmoqda.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekistonda “Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy jamiyati yaratiladi, bu haqida Vazirlar Mahkamasining 692-sonli qarori qabul qilindi.
Jamiyat bilan birga quyidagi tuzilmalar ham faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
“Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy nodavlat tashkiloti,
“Ajdodlar izidan” ilmiy ommabop jurnali,
“Ajdodlar izidan” jamg‘armasi
“Ajdodlar izidan” jamiyatining asosiy vazifalari:
tarixiy hujjatlar to‘plami va O‘zbekiston hududida o‘tmishda, o‘rta asrlarda va yangi tarixda, shuningdek, uning chegaralaridan tashqarida sodir bo‘lgan harbiy-tarixiy ahamiyatga ega voqealar tavsifi;
millat ozodligi va mustaqilligi uchun bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashgan lashkarboshilar, qabila va elat boshliqlari faoliyatini o‘rganish;
O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning muzeylari, kutubxonalari va arxivlarida ilmiy-tadqiqot va tadqiqot ishlarini olib borish;
mashhur olimlar, tarixchilar, arxeologlar, mutaxassislarni jalb qilgan holda to‘plangan ma’lumotlarni tizimlashtirish;
O‘zbekiston tarixidagi harbiy-tarixiy voqealarni xaritaga tushirish va boshqalar.
“Ajdodlar izidan” tashkiloti muassislari: Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, "Vatanparvar" tashkilotlari etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0