Jamiyat

UzAuto Captiva 5 uchun "cheksiz uzr" soʻradi

© ChevroletChevrolet Captiva 5
Chevrolet Captiva 5 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2021
UzAuto Motors kompaniyasi oʻzbekistonlik mijozlariga Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib bermaydigan boʻldi.
TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni toʻxtatishni hamda oldin tuzilgan shartnomalar boʻyicha mijozlar pullarini qaytarishini maʼlum qildi.
“UzAuto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi oʻz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr soʻraydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qaygʻurib, qabul qilingan qarori yagona toʻgʻri qaror ekanligiga ishonadi.
Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlangan barcha mablagʻlar toʻliq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qoʻshimcha ravishda oldindan toʻlov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi", - deyilgan rasmiy xabarda.
Xabarda aytilishiga koʻra bunday vaziyat kompaniya tarixida birinchi bor yuz bermoqda, hammasiga sabab - umumjahon yarimoʻtkazgichlar tanqisligi.
Oldin Chevrolet Captiva 5 avtomobili uchun mablagʻ kiritgan xaridorlarga kompaniya ularning xohishiga qarab Chevrolet Equinox, Tracker, Malibu, Cobalt yoki TrailBlazer modellarini modellarini xarid qilish imkoniyati taklif qilinadi.
Maʼlumot uchun Chevrolet Captiva 5 atomobillari Oʻzbekistonda 2021 yilning sentyabr oxirda sotuvga chiqqan edi. UzAuto Motors Meksidaka ishlab chiqariladigan ushbu avtomobilni xaridorlarga 2022 yilning yanvarida yetkazib berishni vaʼda bergan edi. Chevrolet Captiva 5 modeli narxi 192 milliondan 269 million soʻmgacha deb eʼlon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala