Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 4 dekabrda Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga saylandi. 2021 yil 24 oktyabrda ikkinchi muddatga qayta saylandi.
Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
1995-2003 yillarda Oliy Majlis deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
2003 yilda Oʻzbekiston bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015 yillarda qayta tasdiqlandi.
2016 yil 8 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha uning zimmasiga yuklandi.
2016 yil 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovi yakunlari boʻyicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (OʻzLiDeP) nomzod qilib koʻrsatilgan Mirziyoyev saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan prezident etib saylandi.
2016 yil 14 dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.
2021 yil 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,12 foiz ovozi ikkinchi muddatga qayta saylandi.
2021 yil 6 noyabr kuni rasman Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi.
Shavkat Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir oʻgʻli, olti nafar nabirasi bor. Rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva – mutaxassisligi boʻyicha muhandis-iqtisodchi.
Mirziyoyev samarali mehnati va xalq farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qoʻshgani uchun “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Shuningdek, u Qirgʻizistonning “Danaker” (2017 yil), Qozogʻistonning birinchi darajali “Doʻstlik” (2018 yil), Tojikistonning birinchi darajali “Zarrintoj” ordenlari (2021 yil) bilan mukofotlangan.
Bundan tashqari, “Turkiy dunyo tiklanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor boʻlgan (2020 yil).
Osiyo jurnalistlar uyushmasi (AJA) Shavkat Mirziyoyevni 2018 yilda “Siyosat” yoʻnalishida “Osiyoda yil odami” deb eʼlon qildi.
Mirziyoyevga 2019 yilda Janubiy Koreyaning Nagoya universiteti faxriy doktori unvoni berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala