Kimlar genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadi

© PixabayXudojestvennoe izobrajenie molekul DNK
Xudojestvennoe izobrajenie molekul DNK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna bo‘lish
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxati IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Hukumatning tegishli qarori bilan Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, genom bo‘yicha davlat ro‘yxati IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish – biologik materialdan foydalanish, odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani aniqlash uchun genomga oid axborotga ishlov berish bilan bog‘liq faoliyat.
Quyidagilar genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadi:
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat, 16 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish va ularga uyatsiz harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilganlar;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida biologik material olingan aniqlanmagan shaxslar;
tanib olinmagan murdalar.
Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadigan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi.
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish fuqarolarning yozma arizasiga ko‘ra pulli amalga oshiriladi.
Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Sotrudnitsa nauchno-issledovatelskoy laboratorii Gennie i kletochnie texnologii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2020
Genom bo‘yicha ro‘yxatga olish: O‘zbekistonga bu yangi qonun nega kerak bo‘ldi?
Yangiliklar lentasi
0