Jamiyat

Koʻp kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan internetga ulanadi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishSetevoye oborudovaniye v servernoy
Setevoye oborudovaniye v servernoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
2023 yilgacha optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib berilishi kerak.
TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati mamlakatda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qarorni qabul qildi.
Qarorga koʻra, 2022–2024 yillarda mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlash reja-jadvali tasdiqlandi.
Shunga koʻra, 2023 yilgacha, jumladan:
xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi;
optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xoʻjaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.
2021 yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq taʼlimi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.
Qaror bilan mavjud chegara oʻtish nuqtalari orqali “Oʻzbekiston–Afgʻoniston–Pokiston”, “Oʻzbekiston–Qirgʻiziston–Xitoy” va “Oʻzbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya” yoʻnalishlarida xalqaro magistral kanallar tashkil etish rejalashtirilgan. Xitoyda yangi ulanish va oʻzaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari koʻriladi.
2022 yil 1 yanvardan Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladi:
- maʼmuriy binolar va koʻp kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan;
- taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati imkoniyati bilan ulash.
Noutbuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda internet tezlashdi – Axborot texnologiyalari vazirligi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala