Siyosat

Oʻzbekiston tarixida ilk bor BMT IHK byurosi faoliyatida ishtirok etadi

© Press-slujba MID UzbekistanaUlugbek Lapasov - Postpred Uzbekistana v OON i drugix mejdunarodnыx organizatsiyax v Jeneve
Ulugbek Lapasov - Postpred Uzbekistana v OON i drugix mejdunarodnыx organizatsiyax v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Ulugʻbek Lapasov BMTning Inson huquqlari boʻyicha raisi oʻrinbosari etib saylandi.
TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzbekistonning Jenevadagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi raisining oʻrinbosari etib saylandi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga aʼzo davlatlar Oʻzbekistonning Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasovni 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi (IHK) raisining oʻrinbosari lavozimiga bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan.
BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi byurosi tarkibi tashkilot raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan toʻrtta oʻrinbosaridan tashkil topgan.
Oʻzbekistonning doimiy vakili nomzodi koʻrsatilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMTning IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.
Shavkat Mirziyoyev vыstupil na 46-y sessii Soveta po pravam cheloveka OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2021
Siyosat
Mirziyoyev BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashida qanday takliflar bildirdi
Joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekiston tashabbusi bilan Kengash tomonidan Pandemiya davrida yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi birinchi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat BMT IHKning barcha aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va 60 ga yaqin davlat unga hammualliflik qildi.
BMT IHK tarkibiga 47 davlat kiradi hamda butun dunyo boʻylab inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishga masʼul tuzilma hisoblanadi. Kengash vakolatiga inson huquqlari sohasidagi eʼtiborga molik boʻlgan barcha masalalar va vaziyatlarni muhokama qilish kiradi.
Kengash majlislari BMTning Jenevadagi vakolatxonasida oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Oʻzbekiston 2021−2023 yillar mobaynida BMT IHKning toʻlaqonli aʼzosi etib saylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala