O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi

© Press-slujba Nasbiblioteki UzbekistanaNarodniy artist Uzbekistana Baxtiyor Ixtiyorov
Narodniy artist Uzbekistana Baxtiyor Ixtiyorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida "Yor-yor", "Ajoyib hayolparast", "O‘tgan kunlar" kabi juda ko‘plab filmlarda ajoyib rollarni ijro etgan.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida "Yor-yor", "Ajoyib xayolparast", "O‘tgan kunlar", "Nodirabegim", "Yettinchi jin", "Abu Rayhon Beruniy", "Yettinchi o‘q", "Shum bola" kabi juda ko‘plab filmlarda ajoyib rollarni ijro etgan. Qolaversa, o‘zbek teatr san’ati rivojiga ham munosib hissa qo‘shgan
O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 1940-yilda tavallud topgan. Avvalgi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. U 1956-yildan to 2009-yilga qadar turli yillarda Buxoro musiqali teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, “Yosh gvardiya” teatri hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.
Rejissor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.
Baxtiyor Ixtiyorov "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" ordenlari hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0