Sport

Oʻzbekistonlik karatechi WKF boʻyicha jahon chempioni boʻldi

© NOK UzbekistanaDoston Otabolayev (sprava)
Doston Otabolayev (sprava) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Doston Otabolayev Oʻzbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etdi.
TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzbekistonlik karatechi Doston Otabolayev tarixda ilk bor WKF boʻyicha jahon chempioni boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.
Hozir BAAning Dubay shahrida karate WKF boʻyicha kattalar oʻrtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda.
Finalda milliy terma jamoa aʼzosi Doston Otabolayev (-75 kg) misrlik Abdulla Abdulaziz ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi va Oʻzbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etdi.
JChda Oʻzbekiston vakillari yana 4ta bronza medalini qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala