Taniqli jahon yulduzi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

© Sputnik / Viktor Vitolskiy / Mediabankka o‘tishAktrisa i pevitsa Nataliya Oreyro
Aktrisa i pevitsa Nataliya Oreyro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna bo‘lish
Aktrisa kelajakda koronavirusga qarshi boshqa vaksinalar bilan emlanish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Urugvaylik qo‘shiqchi va aktrisa Nataliya Oreyro koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.

“Ha, albatta, biz birinchi olgan vaksina “Sputnik V” edi. Ha, “Sputnik”ning ikki dozasi bilan (emlandim – tahr.). Juda yaxshi”, - dedi Oreyro NTV telekanaliga bergan intervyusida.

Aktrisa kelajakda koronavirusga qarshi boshqa vaksinalar bilan emlanish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Yaqinda hozir Buenos-Ayresda istiqomat qilayotgan Nataliya Oreyro Rossiya fuqaroligini olgan edi.
Yangiliklar lentasi
0