Toshkent 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

© Pexels / Kampus ProductionBasketbolist-kalyasochnik
Basketbolist-kalyasochnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari va Paraosiyo o‘yinlarini bir yilda va bir joyda qabul qilgan ilk shahar bo‘ladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda yoshlar o‘rtasida 2025-yilgi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 2025-yilgi yoshlar o‘rtasida IV Paraosiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun qit’aning bir qator yetakchi davlatlari da’vogarlik qilgan. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Toshkent shahri nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
Xabarda yozilishicha, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan.
O‘tgan yilning avgust oyida yoshlar o‘rtasidagi 2025-yilgi Osiyo o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgandi.
2025 yilda Toshkent shahri yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish orqali yirik kompleks musobaqalarni qabul qilish borasida yana bir imtihondan o‘tadi, deya qo‘shimcha qilingan qo‘mita xabarida.
Olimpiyskie kolsa na ploshadi Trokadero v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘radi
Yangiliklar lentasi
0