Hafta davomida iliq va yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
25−26 noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Bugun, 22-noyabr, kunduz kuni O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qizil-O‘rda bo‘ylab bulutlarning o‘tishi hisobiga faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +13…+18 daraja iliqgacha isiydi, bu meyordan +3…+5 darajaga yuqoridir.
23−24 noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
23 noyabrda respublikaning janubi-g‘arbiy, 24-noyabrda janubiy tumanlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +13…+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
25−26 noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25-noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26-noyabrda respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan +9…+11 daraja iliqgacha ko‘tariladi, 26-noyabrga kelib esa kunduz kunlari meyoriy qiymatlargacha pasayadi va +8…+13 daraja iliqni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0