Kovidga qarshi "uzoq muddatli" vaksina qachon yaratiladi

© Sputnik / Natalya Gorshkova / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy sotrudnik podgotavlivayet shpris dlya vaksinatsii posetiteley
Meditsinskiy sotrudnik podgotavlivayet shpris dlya vaksinatsii posetiteley  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Kovidga qarshi "uzoq muddatli" vaksina qachon yaratiladi, savolga Gamaleya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg javob berdi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Koronavirusga qarshi “uzoq muddatli” vaksinani yaratish zarurati dunyo qanday shtammlarga duch kelishiga bog‘liq, dedi N.F.Gamaleya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg RIA Novosti agentligiga.
5 yoki 10-yildan keyin qayta emlash talab qilinadigan COVID-19ga qarshi vaksina yaratish rejalashtirilmoqdami, degan savolga javob berar ekan, Ginsburg bunday preparatni yaratish kelajakda dunyo virusning mutatsiyalariga bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi.
Shpris, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Koronavirusga qarshi qayta emlanish tartibi haqida ma’lumot berildi
"Barchasi biz qanday koronavirus shtammi bilan kurashayotganimizga bog‘liq. “Sputnik V” barcha shtammlar, uxan va undan keyingi variantlarga nisbatan bir yil emas, balki ikki yil ham emas, ancha uzoqroq ta’sir etadi deb umid qilgandik. Chunki hujayralarning xotirasi juda uzoq vaqt saqlanadi”, - dedi mutaxassis.
Gamaleya markazi direktori so‘zlariga ko‘ra, koronavirus shtammi o‘zgardi.
"Ammo shtamm shunday o‘zgardiki, u xotira hujayralari tomonidan sintez qilingan antitanachalar hujumidan qochib qoldi. Shuning uchun endi har olti oyda bu vaksina qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Hammasi virusning qaysi variantiga duch kelishimizga, mos ravishda vaksina yaratishni talab qilagan patogenlarga bog‘liq", - deb qo‘shimcha qildi Ginsburg.
Yangiliklar lentasi
0