Jamiyat

Mirziyoyev quyosh va shamol elektr stantsiyalar qurish haqida topshiriqlar berdi

© Sputnik / Aleksey Pavlishak / Fotobankka oʻtishVetroelektrostantsiya
Vetroelektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Quyosh va shamol elektr stantsiyalar uchun 6 milliard dollarlik butlovchi qism va materiallar xarid qilinadi.
TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yigʻilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va sohani yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni muhokama qilinmoqda.
Novosibirskaya GES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga qancha elektr energiya yetkazib beradi - kelishuv
Davlat rahbari Oʻzbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish sohasidagi vazifalarni belgilab berdi:
- 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stantsiyalari umumiy quvvatini 8 ming megavattga yetkazish zarur (avvalgi rejada 8 ming megavatt quvvatni 2030 yilgacha barpo etish belgilangan edi);
- yirik sanoat korxonalari ham oʻz energiya taʼminoti boʻyicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak. Huddi shunday, aholi va tadbirkorlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini qoʻllab-quvvatlash lozim;
- kelgusi besh yilda 8 ming megavattli quyosh va shamol elektr stantsiyalarini qurishda qariyb 6 milliard dollarlik butlovchi qism va materiallar xarid qilinadi. Shu munosabat bilan ularni mahalliylashtirish choralarini koʻrish lozim;
- barpo etiladigan elektr stantsiyalariga 1 ming nafardan ziyod muhandis va qariyb 3 ming nafar oʻrta boʻgʻin mutaxassislari talab etiladi. Shuning uchun yil yakuniga qadar Navoiyda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash markazi ishga tushiriladi. Navoiy, Sirdaryodagi oʻquv markazlarida xalqaro standartlar asosida yiliga 200 nafar malakali mutaxassis tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala