Moskva viloyatida migrantlar uchun yotoqxonalar quriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroitelnoy ploshadke
Rabochiy na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi qurilish maydonchalarida migrantlar uchun yotoqxonalar paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Moskva viloyatida migrantlarning uy-joy sharoitlari yaxshilanadi. Bu haqda viloyat hukumati yig‘ilishida gubernator Andrey Vorobyov topshiriq berdi.
Uning ta’kidlashicha, noqonuniy xostel va migrantlar yashaydigan "rezina" kvartiralar ko‘pincha mahalliy aholi o‘rtasida xavotir uyg‘otadi. Shu bois biznes tuzilmalari bilan ixcham modulli yotoqxonalar qurish masalasida ishlash zarur, deb yozadi uning Telegram-kanali.
Stroitelstvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Sobanin Moskva qurilishlarida migrantlar soni kamayganini ma’lum qildi
Bunday turar-joylar sanoat zonalari va qurilish obyektlar hududida joylashgan bo‘lishi kerak.
Agar biror kompaniya yoki xolding migrant mehnatidan foydalansa, ular qulay uy-joy va shart-sharoitlar bilan ta’minlashi kerak.
Andrey Vorobyovning qo‘shimcha qilishicha, oldinda ish ko‘p, bu qo‘shimcha investitsiya talab qiladi, biroq mintaqa aholisining xavfsizligi va qulayligi birinchi o‘rinda turishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0