Sport

Ogʻir atletika boʻyicha JCH: Oʻzbekiston sharafini kimlar himoya qiladi

© Sputnik / Yuliya ChestnovaSportsmen na sorevnovaniyax po tyajeloy atletike
Sportsmen na sorevnovaniyax po tyajeloy atletike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Jahon chempionatida ikki Olimpiya chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ham ishtirok etishadi.
TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. 7-17 dekabr kunlari Toshkent ilk bor ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, mazkur musobaqaga terma jamoa katta tayyorgarlik olib bormoqda.
Musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan sportchilarning dastlabki toʻliq tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
-55 kg: Ogʻabek Nafasov;
-67 kg: Adhamjon Ergashev;
-73 kg: Doston Yoqubov;
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov;
-89 kg: Sarvar Zafarjonov;
-89 kg: Hojiakbar Olimov;
-96 kg: Qurbonmurod Namozov;
-109 kg: Ruslan Nurudinov;
-109 kg: Akbar Joʻrayev;
+109 kg: Mirhosil Mirzaboyev.
Ayollar:
-55 kg: Ozoda Hojiyeva;
-55 kg: Jamila Panfilova;
-71 kg: Sevinchoy Komilova;
-71 kg: Kumushxon Fayzullayeva;
-76 kg: Barchinoy Eshqulova;
-76 kg: Nigora Suvonova;
-87 kg: Tursunoy Jabborova.
Zaxira:
-73 kg: Ogʻabek Toʻxtayev;
-89 kg: Otaxon Imomov;
-49 kg: Zuhra Otajonova.
Taʼkidlanishicha, musobaqaning rasmiy yakuniy tarkibi musobaqadan 1 kun avval aniq boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala