O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qayta ixtiyoriy emlanish boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida qayta emlanish boshlandi.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘shimcha (buster) doza bilan ixtiyoriy emlash amalga oshiriladi.
Mamlakat bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatma xatiga muvofiq, 2021-yil 17-noyabr kunidan boshlab to‘liq emlangan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.
Ta’kidlanishicha, bu aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 31,4 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi rejalashtirilganlarning 76,7 foizi kamida birinchi dozani olgan.
Xranenie vaksin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2021
Yana 7,5 million vaksina shifokorlarga topshirildi - SSV
Yangiliklar lentasi
0