O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 million kishidan oshdi

Pojilie lyudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni yil yuoshidan buyon 4,7 foizga ko‘paygan.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-noyabr holatiga 4 mln kishini tashkil qildi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 178,6 ming nafar (4,7 foiz)ga ko‘paygan.
Shundan, 2,9 mln kishi (74,1 foiz) yoshga doir pensiyani (bundan, 1,8 mln kishi yoki 64 foizi ayollar), 397,6 ming kishi (9,9 foiz) nogironlik pensiyasini (163,5 ming nafari yoki 41,1 foizi ayollar), 198,6 ming kishi (5,0 foiz) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oilalar va 440,8 ming kishi (11,0 foiz) nafaqa oluvchi tarkibiga kiradi.
2021 yil 1-yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 117,7 ming kishi (4,1 foiz)ga, nogironlik pensiyasini oluvchilar soni 11,0 ming kishi (2,9 foiz)ga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar soni 9,6 ming oila (5,1 foiz)ga va nafaqa oluvchilar soni 40,2 ming kishi (10,0 foiz)ga ortgan.
Jenshina derjit telefon v rukax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Maxsus pensiya Telegram-boti ishga tushirildi
2021 yilning yanvar—oktabr oylarida 327,5 ming nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan.
Shundan, 215,1 ming nafariga yoshga doir pensiya, 29,9 ming nafariga nogiron shaxs sifatida pensiya, 19,6 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va 62,9 ming nafariga nafaqalar tayinlangan.
Qayd etilishicha, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foizga ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0