Rossiya

Rossiyada OAVda jinoyatchilarning millatini koʻrsatish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishSIZO
SIZO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Checheniston parlamenti jinoyatchilarning millatini aytishni taqiqlashni taklif qilishmoqda.
TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Rossiya Davlat dumasiga OAVlarga jinoyatchilarning millatini tilga olib oʻtishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat Checheniston parlamenti tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi mualliflari bu tashabbus turli dinga eʼtiqod qiluvchi Rossiya xalqlari oʻrtasida totuvlikni saqlashga yordam berishini taʼkidlashgan.
Parlamentariylarning fikriga koʻra, bunday maʼlumotlar halol, vijdonli, jinoiy faoliyatga hech qanday aloqasi boʻlmagan imonli fuqarolarning milliy va diniy tuygʻusini tahqirlash deb baholanadi.
“Bizning koʻp millatli va koʻp dinli mamlakatimizda har qanday oʻylamay va ehtiyotsizlik bilan aytilgan gap ijtimoiy portlash manbai boʻlishi, milliy va diniy adovat qoʻzgʻatishga va butun mamlakat uchun oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deya taʼkidlashgan deputatlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala