Jamiyat

Toshkentning 4 ta tumanida gaz vaqtincha oʻchiriladi

© Sputnik / StringerZajjeniye gazovoy konforki.
Zajjeniye gazovoy konforki. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2021
Mirobod, Yashnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Mirobod, Yashnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Mirobod tumani "Nukus" 1-tor koʻchasi 1-2-6-7-9-10-11-13-14-15-uylardagi 130 ta xonadonda, Qoʻshkoʻprik koʻchasida 28 ta xonadonda, Fargʻona yoʻli koʻchasidagi 15 ta yerli xonadonda hamda "Oʻzbekiston havo yoʻllari", "Sharapova", "Temiryoʻlnon", "Shimoliy vokzal" qozonxonasi, "Zehinur" restorani, "Mehrigiyo" MCHJ, A.Qodiriy koʻchasida, Hamal koʻchasida, Yashnobod tumanidagi "Tovarniy dvor" 13-A, "Energomontaj", "Lak color sintez", Bolalar teatri, Fargʻona yoʻli koʻchasidagi ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz boʻlmaydi.
22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Sergeli tumani Junariq mahallasidagi 93 ta yerli xonadon hamda 4 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
22 noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Yangihayot tumani Sergeli 5-mavzedagi 35 ta koʻp qavatli uydagi 2240 ta xonadon hamda 6 ta ulgurji isteʼmolchida gaz vaqtincha oʻchiriladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanishi maʼlum qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala