Dunyoda

Bolgariyadagi yirik YTHda 45 kishi halok boʻldi

© AP Photo / Bulphoto Agency Lubomir BenkovskyPolitsiya Bolgarii
Politsiya Bolgarii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Avtobus Sofiyadan Blagoyevgradga ketayotgan boʻlgan. YTHdan soʻng avtobus yonib ketgan.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Bolgariyada ichida 52 nafar yoʻlovchi boʻlgan Shimoliy Makedoniyaning sayyohlik avtobusi halokatga uchradi. Bu haqda Bgnes agentligi xabar bermoqda.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida 45 kishi halok boʻlgan. Qurbonlarning 12 nafari bolalar ekani aytilmoqda.
Hodisa “Struma” avtomagistralining 31 kilometrida mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da roʻy bergan. Avtobus Sofiyadan Blagoyevgradga ketayotgan boʻlgan. YTHdan soʻng avtobus yonib ketgan. Haydovchi ham halok boʻlgan. Jabrlanganlarning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda, ular kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisaga nima sabab boʻlgani ochiqlanmagan.
Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev oʻz fuqarolari vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala