“Elektr tarmoqlari” bosh hisobchisi bloger ayolni kaltakladi: IIB tekshiruv boshladi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishMigalka
Migalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Andijonda bloger Fatima Jo‘rayeva kaltaklangani aytilmoqda.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bloger Fatima Jo‘rayeva kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, 22-noyabr kuni bloger Fatima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani IIBga murojaat qildi.
Spidometr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Xavfli manyovr: “Malibu” haydovchisiga chora ko‘rildi - video
F.Jo‘rayeva o‘z murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan o‘zi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xo‘jaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sun’iy ravishda oshirilganligi bo‘yicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganligini bildirdi.
Shunda korxona bosh hisobchisi unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni haqorat qilib qo‘li bilan uni yuziga urganligini va qo‘l telefonini sindirib yuborganligini bayon qilib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘radi.
Hozirda tuman IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
F.Jo‘rayevaning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0