Jamiyat

Endi talabalar davlat imtihonini yiliga 2 marta qayta topshirishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSdacha ekzamenov zimney sessii v Dalnevostochnom federalnom universitete
Sdacha ekzamenov zimney sessii v Dalnevostochnom federalnom universitete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Davlat imtihonidan yiqilgan talaba har oʻquv yilida imtihonni 2 martagacha qayta topshirishi mumkin.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan oʻta olmagan shaxs keyingi har bir oʻquv yilida (3 yil davomida) oʻz arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Hujjatga koʻra, imtihondan oʻta olmagan shaxs keyingi oʻquv yili boshlanganidan keyin yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berishni soʻrab OTM rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tartib boʻyicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan oʻta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala