Jamiyat

“Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi eʼlon qilindi

CC0 / Unsplash / gbarkz / Siluet jenщinы
Siluet jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Tadbir “Zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda 25 noyabrdan boshlab “Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi boshlanadi. Bu haqda 22 noyabr kuni boʻlib oʻtgan xalqaro tadbirda maʼlum qilindi
Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, u “Zoʻravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida oʻtkaziladi.
Qayd etilishicha, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi ushbu global kampaniya jahonning 187 ta mamlakatida oʻtkazilib, 6 mingdan ziyod tashkilotlar hamda 300 mln kishini qamrab olmoqda.
Senat raisi Tanzila Norbayevning soʻzlariga koʻra, gender zoʻravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegaralarni bilmaydi. Rivojlanayotgan, rivojlangan mamlakatlarda ham bu muammoga barham berish jiddiy choralar koʻrishni talab qiladi.
Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish boʻyicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, shundan 2 tasi qonunlardir.
“Shu bilan birga jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchrab turibdi, bunday holatlarni endi yashirib boʻlmaydi. Ammo baʼzi opa-singillarimiz oʻzlari bilan sodir boʻlgan zoʻravonlik holatlarini oshkor qilmaslikni afzal koʻrishlarini ham yaxshi bilamiz Ushbu yoʻnalishda dastlabki qadamlar qoʻyildi, ammo oldinda uzoq va mashaqqatli ishlar turibdi. Bu kurashda har birimizning ishtirokimiz muhim”, - deydi Norboyeva.
Oʻzbekiston Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, gender zoʻravonlik – global muammo. Bu muammo mamlakatda ham bor. Soʻnggi paytlarda bunday noxush holatlar jamoatchilik orasida ancha tez ovoza boʻlmoqda. Bir tomondan, bu ijobiy oʻzgarish - ayollar endi nohaqlikni gapirishdan qoʻrqmayaptilar. Boshqa tomondan esa, bu holatning qay darajada keng tarqalgani kishini dahshatga soladi.
“Mamlakatimizda har qanday zoʻravonlik ildizini quritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Oldimizda uzoq va ogʻir yoʻl turibdi. Biroq biz buning uddasidan chiqamiz”, - deya taʼkidladi Mirziyoyeva.
Siluet jenщinы. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda xotin-qizlarni shilqimlardan himoyalashga qaratilgan bot ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala