JSST O‘zbekistondagi eng yaxshi koronavirus test-tizimini aniqladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya immunofermentnix issledovaniy
Laboratoriya immunofermentnix issledovaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, "AmpliTest" koronavirusning eng muhim genetik farqlarini ham aniqlash imkonini beradi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan koronavirus test-tizimlarini sinovdan o‘tkazib, ular orasida eng yaxshisini aniqlashdi.
O‘zbekiston Sanitar-epidemiologik osoyishtalik xizmati laboratoriyasi asosida o‘tkazilgan sinovda koronavirusga qarshi eng yaxshi test-tizimi Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligining (FMBA) “AmpliTest” test-tizimi topildi.

“Robert Kox nomidagi Instituti eksperti Kristina Domingo-Karrasko tomonidan olingan test natijalariga ko‘ra, Rossiya FMBAning test-tizimini (ekstraksiya + OT-PSR) SARS-CoV-2 virusni aniqlash bo‘yicha etalon test tizimi deb belgilash”, - taklif qilindi.

Sinovda ma’lum bo‘lishicha, ushbu test-tizimi MDH bozoridagi mavjud tizimlar orasida eng “sezgir” bo‘lib, viruslar soni kam bo‘lgan holatlarda ham o‘z vzifasini to‘liq bajaradi.
FMBA rahbari Veronika Skvorsova aytishiga ko‘ra, ushbu test virusni farqlash, virusning negativ va o‘zini kam namoyish etadigan ko‘rinishlarini (slabopolojitelniy) ham aniqlash imkonini beradi.
Undan tashqari, mutaxassislar aytishiga ko‘ra, "AmpliTest" koronavirusning eng muhim genetik farqlarini aniqlash imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0