"Miss Qirg‘iziston" eng go‘zal malikalari aniqlandi – foto

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishKorona na uchastnitse konkursa krasoti
Korona na uchastnitse konkursa krasoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
“Qirg‘iziston go‘zali – 2021” tanlovining finali bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Kuni kecha Bishkekdagi banket zallaridan birida “Qirg‘iziston go‘zali – 2021” tanlovining finali bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tanlov birinchi marta yopiq formatda o‘tkazildi va finalga faqat 5 nafar qiz chiqdi. Ular milliy va kechki liboslarda chiqish qilishdi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga xalqaro go‘zallik tanlovlari vakillari kirdi.
22 yoshli Alina Omorova “Miss Qirg‘iziston – 2021” tanlov g‘olibasi bo‘ldi.
© Direksiya "Miss Kirgizstan"Alina Omorova
Alina Omorova


 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Alina Omorova
U mamlakat nomidan "Dunyo go‘zali" tanlovida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Alina “dizayn va arxitektura” fakultetining 5-kurs talabasi va ko‘chmas mulk agentligini boshqaradi. Bundan tashqari, qiz xoreografiya bilan shug‘ullanadi va psixologiyani o‘rganadi.
18 yoshli Jamilya Jirgalbekova birinchi vitse-miss deb e’lon qilindi. U Miss Grand International 2022 tanlovida Qirg‘iziston nomidan qatnashish sharafiga muyassar bo‘ldi.U turli xayriya tadbirlarida faol ishtirok etimoqda va Qizil Xoch volonteri hisoblanadi.
© Direksiya "Miss Kirgizstan"Jamilya Jirgalbekova
Jamilya Jirgalbekova
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Jamilya Jirgalbekova
Tibbiyot instituti talabasi Shirin Alaychiyeva ikkinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi. U Miss Intercontinental 2022 tanlovida respublika sharafini himoya qiladi.
© Direksiya "Miss Kirgizstan"Shirin Alaychiyeva
Shirin Alaychiyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Shirin Alaychiyeva
Uchinchi vitse-miss unvoni esa 18 yoshli Salima Asanbekovaga nasib etdi. U “Miss International 2021” tanloviga boradi. Salima - shi ikkinchi kurs talabasi (bank ishi). .
© Direksiya "Miss Kirgizstan"Salima Asanbekova
Salima Asanbekova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Salima Asanbekova
Yana bir vitse-miss 17 yoshli Aziza Baxitbekova bo‘ldi. U xoreografiya bilan shug‘ullanadi. Balog‘at yoshiga etganida, Aziza Miss Multinational 2022 tanloviga boradi.
© Direksiya "Miss Kirgizstan"Aziza Bakitbekova
Aziza Bakitbekova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Aziza Bakitbekova
Yangiliklar lentasi
0