Iqtisod

Oʻzbekiston rezidentlariga kriptovalyutani birjalarda sotib olishga ruxsat berildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye mayningovogo tsentra v Leningradskoy oblasti
Otkrыtiye mayningovogo tsentra v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Oʻzbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni soʻmda amalga oshirish huquqiga ega boʻldi.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati mamlakat rezidentlariga kriptoaktivlar va tokenlar yordamida birjada savdo-sotiq qilishga ruxsat berdi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga bir qator oʻzgarishlar kiritildi.
Endi Oʻzbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (soʻmda) amalga oshirish huquqiga ega. Biroq norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotishlari mumkin.
Shuningdek, oʻzgartirishlar tokenning tariflarini va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, tokenlar emissiyasi, joylashtirish va roʻyxatga olishni oʻz ichiga olgan. Tokenlarni investitsiya va moliyalashtirishni jalb qilish uchun tegishli roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subʼyektlari chiqarishi mumkinligi aniqlandi.
Oʻzbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy taʼminotga ega boʻlishi kerak. Mulkiy taʼminotga ega boʻlmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.
Qolaversa, kriptobirjalar oʻzlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yoʻqligini tekshirishlari shart. Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak.
Qayd etish joizki, shu paytgacha kriptovalyuta savdosi bilan shugʻullanish uchun Oʻzbekistonda toʻlaqonli huquqiy asoslar mavjud emas edi.
Rezidentlar deyilganda kimlar tushuniladi:
Oʻzbekiston fuqarolari;
Xorij fuqarolari va mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega fuqaroligi yoʻq shaxslar;
Oʻzbekiston hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar;
Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik immuniteti va imtiyozlaridan foydalanuvchi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek, xorijda xoʻjalik va tijoriy faoliyatni amalga oshirmaydigan mahalliy tashkilotlarning vakolatxonalari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala