Samara yaqinida Amir Temur haykali o‘rnatilishi mumkin

Pamatnik Amiru Temuru, Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati Samara yaqinida Amir Temur haykalini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. “Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Pamatnik Amiru Temuru v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Turkiya kinokompaniyasi bilan hamkorlikda Amir Temur haqida serial suratga olinadi
O‘zbekiston hukumati Samara yaqinida Amir Temur haykalini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e’lon qilish rejalashtirgan.
“Rossiyaning Samara viloyatidagi Kodurcha vohasida mahalliy o‘lkashunoslar tomonidan buyuk harbiy sarkarda Amir Temurga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik toshi o‘rnida Amir Temur va uning harbiy sarkardalari ifodalangan kompozitsion haykal o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e’lon qilish hamda tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan haykal majmuasini o‘rnatish yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan memorandum tuzish ishlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi jangovar ordeni sohiblari tug‘ilib o‘sgan yoki istiqomat qilayotgan joylarda mahalliy ko‘ngillilar tomonidan esdalik lavhalari, yodgorlik toshlarini o‘rnatish”, - degan band yo‘l xaritasida belgilangan.
Loyihani 2023-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.
Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasida jang 1391-yilda bo‘lgan. Unda 100 kvadrat metrdan ortiq maydonda 400 ming kishi qatnashgan.
© temurtuzuklari.uzAmir Temur jang oldidan
Amir Temur jang oldidan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Amir Temur jang oldidan
Jang joyi hozirgacha arxeologik jihatdan topilmagan. Faqatgina jang Samara viloyatidagi Kondurcha darosi bo‘yida bo‘lgan.
© temurtuzuklari.uzAmir Temur mashvarati (majlisi).
Amir Temur mashvarati (majlisi).  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Amir Temur mashvarati (majlisi).
Qonli jangda Temur qiyin g‘alabaga erishdi. Ko‘pgina rus va o‘zbek tarixchilarining fikriga ko‘ra, Temur tomonidan berilgan zarbalardan so‘ng Oltin O‘rda tamomila o‘z birligini yo‘qotdi. Oqibatda Moskva mo‘g‘ul imperiyasi istilosidan xalos bo‘ldi va yosh Rossiya davlatining rivojlanishiga yo‘l ochildi.
© Sputnik / SputnikAmir Temur shaxsiy hayoti
Amir Temur shaxsiy hayoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Amir Temur shaxsiy hayoti
Yangiliklar lentasi
0