Sochida Putin, Pashinyan va Aliyev muzokaralari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin, premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan (sprava) i prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev (sleva)
Prezident RF Vladimir Putin, premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan (sprava) i prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev (sleva) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan alohida suhbat o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Sochida 26-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning uch tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar Rossiya rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
“Uch mamlakat yetakchilarining 2020-yil 9-noyabr va 2021-yil 11-yanvardagi kelishuvlarini amalga oshirishni ko‘rib chiqish hamda mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash va osuda hayotni o‘rnatishning keyingi qadamlarini belgilash rejalashtirilmoqda. Savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini qayta tiklash va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi”, - deyiladi Kreml xabarida.
Vladimir Putinning Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan alohida suhbat o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentabr oyida oxirida yana boshlangan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 9-noyabr kuni hal qilingan edi. Joriy yil 11-yanvar kuni Moskvadagi uchrashuvda mintaqaviy aloqa yo‘llarini ochish borasida kelishuvga erishilgan edi. Bu maqsadlar uchun uch mamlakat bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida ishchi guruh tuzishga kelishilgan edi.
Armanskie voyennoslujashie na odnoy iz pozitsiy bliz sela David Bek v Sunikskoy oblasti Armenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yana notinchlik: voqealar tafsiloti
Yangiliklar lentasi
0