Jamiyat

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishEkspertiza analizov dlya proverki kachestva myasa
Ekspertiza analizov dlya proverki kachestva myasa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Institut ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik maʼlumotlar yigʻadi.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.
Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga koʻmak beradi.
Shuningdek, Institut ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik maʼlumotlar yigʻadi.
Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini koʻrib chiqish va xulosa berish Institut tomonidan amalga oshiriladi.
Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala