Hodisalar

Toshkent viloyatida terroristik tashkilotning yashirin aʼzolari qoʻlga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishRabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Qoʻlga olinganlar Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida pul toʻplab kelishgan
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkent viloyati Toshkent tumanida taqiqlangan “Katiba Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkilotning yashirin jamoati aʼzolari qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari Abdulloh Zufar va Sodiq Samarqandiyning audio va video maʼruzalarini tarqatishgan. Shu tariqa saflarini kengaytirish bilan shugʻullanishgan.
Bundan tashqari, jamoat aʼzolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida pul toʻplab kelishgan. Ularning maqsadi jangarilar safiga qoʻshilish boʻlgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Hodisalar
Sirdaryoda terrorchi guruh aʼzolari qoʻlga olindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala