Jamiyat

Ikkita zapravka 100 ming xonadonga yetadigan gazni oʻgʻirlagani aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik isteʼmoliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik isteʼmoliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Energetika vazirligi shtabi 17 noyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “SHIRINA PETROL” MCHJ va Toshkent tumanida joylashgan “CLEAN GAS SERVICE” MCHJlarga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazdi.
Punkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2021
Jamiyat
Gaz “zapravka”larda vaqtinchalik cheklov joriy etiladi
Oʻrganish davomida 2 ta “tadbirkor” 1 mln 635 ming kub metr yoki bugungi kunda 100 mingta aholi xonadonlarining bir kunlik isteʼmoliga yetadigan gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Xususan, “SHIRINA PETROL” MCHJda elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatish imkoni boʻlganligi va oʻtkazilgan eksperiment davomida konfiguratsiya sozlamasi texnologik yoʻriqnomalar talabiga mos emasligi sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 1 mlrd 274 mln 700 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
“CLEAN GAS SERVICE” MCHJ shartnoma hujjatlaridan tashqari 1 dona kompressor uskuna ortiqcha oʻrnatilganligi sababli amalga oshirilgan qayta hisob-kitob natijasida 360,5 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Tekshiruv hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala