Hodisalar

Toshkentda toʻqqiz yoshli farzandi koʻchada shar sotgan ota jarimaga tortildi

© SS0 / Unsplash / Ankush MindaVozdushnыe sharы, illyustrativnoye foto
Vozdushnыe sharы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
3-sinf oʻquvchisi Yunusobod tumanida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan.
TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkentda voyaga yetmagan farzandi koʻchada shar sotish bilan shugʻullangan otaga chora koʻrildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolakay koʻchada havo sharlarini sotib yurgani qizgʻin muhokama qilingan edi.
Maʼlum boʻlishicha, 20 noyabr kuni 3-sinf oʻquvchisi SH.F. haqiqatdan ham Yunusobod tumani Billur mahallasida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan.
Tuman IIO FMB xodimlari bolaning otasi – 34 yoshli N.F. bilan bogʻlanishgan. Fuqaro bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan.
Natijada unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bu modda boʻyicha BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (270 ming soʻmdan 1,3 million soʻmgacha) jarima koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Oʻzbekistonda bolaga taʼlim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshirilgan edi.
Strana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
Hodisalar
Toshkentda 13 yoshli bola Tracker’ni olib qochdi: uning ota-onasi javobgarlikka tortildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala