Dunyoda

AQSH Oʻzbekistonni “Demokratiya uchun” sammitiga taklif etmadi

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIFlag SSHA
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
AQSH demokratiya oldida turgan muammolar muhokama qilinadigan sammitga Oʻzbekistonni taklif qilishni joiz deb bilmadi.
TOSHKENT, 24 noya – Sputnik. AQSH “Demokratiya uchun” sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan 110 ta davlat roʻyxatini eʼlon qildi.

Davlat departamenti saytida chop qilingan roʻyxatga Oʻzbekiston kiritilmagan.

Sobiq SSSR mamlakatlaridan Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Turmaniston ham taklif qilinmagan.
Faqat Ukraina, Armaniston, Gruziya, Moldova, Litva, Latviya va Estoniyaga taklifnoma yoʻllangan.
Shuningdek, sammitda ishtirok etishga Xitoy ham taklif etilmagan. Shu bilan birga, Xitoy uni oʻz viloyatlaridan biri deb hisoblovchi Tayvan sammitga chaqirilgan.
Vengriyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar roʻyxatga kiritilgan. AQShning NATO boʻyicha ittifoqchisi Turkiya ham roʻyxatda yoʻq.
Vashington 9-10 dekabr kunlari “Demokratiya uchun” sammitini oʻtkazishni rejalashtirgan. Unda videokonferentsiya rejimida taklif etilgan mamlakat yetakchilari, huquqni himoya qiluvchilar va ishbilarmonlar yigʻilishadi.
Avvalroq Rossiya TIV Sergey Lavrov AQSH tomonidan tashkil etilayotgan bu sammit “odamlar, mamlakatlarni demokratik va demokratik boʻlmaganlarga ajratish”ga qaratilganini maʼlum qilgan edi. Uning fikricha, AQSH bu sammitga mamlakatlarni taklif qilayotib, oʻz xatti-harakatlarining ommaviyligini namoyish qilishga urinadi.
Amerikanskiye flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Analitika
Demokratiyani oʻrgatishadi. AQSH ishga aralashuv usullarini belgilab oldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala