AQSh Ukrainani Rossiyaning “Solnsepeki” ostida halok bo‘lishga majbur qiladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tish"Solnsepek"
Solnsepek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
“Solnsepek” va “Tosochka” og‘ir o‘tsochar tizimlarining zarbalari ostida ukrainalik harbiylarning ommaviy o‘limi bilan amerikaliklar Yevropada kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatish niyatida.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. AQSh jiddiy ravishda Rossiyaga qarshi “ukrain qartasini” o‘ynamoqda, mana endi Kiyev rejimini UQK va NATO ishtirokidagi rejali provokatsiyalar nuqtalarida Rossiya bilan o‘zi uchun halokatli bo‘lgan harbiy to‘qnashishdan faqat mo‘’jiza qutqarishi mumkin.
Qishda “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi”ga oid Vashingtton tomonidan sezdirilmay ko‘tarilgan vahima ostida AQSh zudlik bilan Borispol aeroportiga 80 tonna o‘q-dorilarni olib keldi. Hozir Ukrainaga yangi qurol va harbiy maslahatchilarni jo‘natish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Gap faqat “Javelin” tankka qarshi majmualar haqida borayotgani yo‘q. AQSh Kiyevga Mi-17 vertolotlari va “Stinger” havo hujumiga qarshi mudofaa-raketaga qarshi mudofaa tizimlari vositalari va “Patriot” raketa-zenit tizimlarining “afg‘on partiyasi”ni yetkazib bermoqchi. “Patriot” Ukrainaga faqat Pentagon mutaxassislari bilan birgalikda keltirilishi mumkin (UQK bo‘linmalariga undan foydalanishni o‘rgatishga vaqt yo‘q).
Amerikanskiy bronirovanniy avtomobil HMMWV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Ukrainaga AQSh qurollari yetkazib berildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
Amerikalik harbiy maslahatchilar jang maydonidagi vaziyatni zudlik bilan rejalashtirish (NATO standartlari bo‘yicha) va ukrain qo‘shinlariga rahbarlik qilish (2008 yil avgustida Gruziyada va 2021-yil avgustigacha Afg‘onistondagi singari) zarur. Amerika qurollari va harbiy maslahatchilari Donbassga tushadimi – katta savol, lekin bu yo‘nalishdagi harakat ayon.
UQK “Javelin”ni ilk bor tutashuv chizig‘ida qo‘lladi. AQShning Kiyevdagi elchixonasining harbiy attashesi polkovning Brendon Presli Pentagonning razvedka zobitlari guruhi bilan Donbassga bordi - Peski va Marinka aholi punktlari hududlari. Jazo qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni o‘rinbosari Anatoliy Shevchenko amerikaliklarga xarita va vaziyatni ochiqladi. Amalda dushmani to‘g‘risida ma’lumot olish, bevosita jang maydonida dushmanga baho berish bo‘lib o‘tdi. Va bu AQSh elchixonasi vakilining xizmat vazifalariga umuman kirmaydi.
O‘tgan hafta NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg “Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya qo‘shinlarining yuqori zichlashishini tushuntirib bo‘lmaydi” deb bayonot berdi. Bunga qo‘shimcha ravishda Pentagon yevropalik ittifoqdoshlariga unda Rossiya bo‘linmalari – 100 ga yaqin batalon taktik guruhlari (100 ming harbiy xizmatchi) – belgilangan xaritalarni berdi. Go‘yoki bu bo‘linmalar 2022-yil yanvar-fevralida bir vaqtning o‘zida bir necha tomondan bo‘ladigan “tajovuzga” shaylar.

Vashingtonning “maftunkor zarbasi”

Ko‘rinib turibdiki, Kiyev biror marta ham Qo‘shma Shtatlarning qat’iyligiga baho bermagan. Ukraina Mudofaa vaziri noyabr boshida Vashingtonning Ukraina chegarasi yaqinida Rossiya qo‘shinlarining zichlashishi haqidagi xavotirli xabarini rad etdi. 18-noyabr kuni AQShdagi ukrain mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashuvidan keyin “Ukrainaning Rossiya bilan davom etayotgan urushi” xususida farq boshqa qolmadi.
UQK razvedka boshlig‘i Kirill Budanov 21-noyabr kuni yanvar-fevraldagi Rossiya tajovuzi tayyorgarligini tasdiqladi. Hatto chop qilingan “Rossiyaning bostirib kirishi” xaritasiga munosabat bildirdi. Budanovning prognoziga ko‘ra, UQK 14 ming kishisini yo‘qotishi mumkin.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov dushanba kuni Rossiya armiyasi bostirib kirgan taqdirda G‘arbdan olingan “kafolatlar” haqida ma’lum qildi. Avvaliga Kiyev Vashingtondan havo hujumiga qarshi mudofaa-raketaga qarshi mudofaa vositalarini talab qilmoqda (bunday qurollar AQSh Davlat departamenti va Kongressi ma’qullagandan keyin sotiladi).
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
“Dunyo seskanib ketadi”. Ukraina NATOga qo‘shilsa nima bo‘ladi
Shu bilan birga, Ukrainani harbiy vositalar bilan himoya qilishga NATO bo‘yicha barcha ittifoqdoshlar tayyor emas. Eslataman, Gruziyani o‘nlab mamlakatlar qurollantirgandi, biroq 2008-yil avgustidagi agressiya uchun asosan gruzin askarlari jazo tortishlariga to‘g‘ri keldi.
Kiyev harbiy-siyosiy masxarabozligi va AQShning ukrain yo‘nalishidagi xatti-harakatlari Donbassda yirik provokatsiya tayyorlanayotanidan dalolat beradi, boz ustiga “hamkorlar” Moskvani oldindan javob haqidagi ogohlantirishmoqda – “2014 yildagi xatolarni takrorlashdan”.

Rossiya pozitsiyasi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 21-noyabr kuni rasman ma’lum qildiki, Kiyev NATO mashg‘ulotlarining himoyasida Donbassda vaziyatni kuch bilan hal qilishga intilmoqda. Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot burosi rahbari Sergey Ivanov bunga qo‘shimcha qildi: “AQSh Davlat departamenti diplomatik aloqalar orqali o‘zining ittifoqchilari va hamkorlariga Ukrainaga harbiy hujum uyushtirish uchun mamlakatimiz hududida kuchlar to‘planayotgani haqidagi mutlaqo yolg‘on ma’lumotni yetkazmoqda”. Rossiya Tashqi razvedka xizmatiga ko‘ra, Ukrainadagi vaziyat 2008-yil avgustida Gruziyada yuzaga kelgan vaziyatga o‘xshash. Moskva “hamkorlarini” tajovuzning ehtimoliy oqibatlari haqida oshkora ogohlantirdi.
Boshqa tomondan, Amerikaning “Bloomberg” agentligi ta’kidladiki: “Hozir Putinning ustuvor vazifasi gaz sotish, urush olib borish emas, va G‘arbning xaritalarini biroz ochdi – Ukraina sharqidagi janglarda Rossiya qo‘shinlarining bevosita ishtiroki “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini ko‘madi”.
Seshanba kuni AQSh e’lon qilgan “Shimoliy oqim-2” ga qarshi yangi sanksiyalar yaqin kelajakda gaz quvurini muqobilsiz “bombardimon” qilishdan guvohlik beradi, yevropaning energetika xavfsizliga tahdid soladi. Biroq hech qanday cheklovlar Rossiyaning suveren tashqi siyosatini o‘zgartira olmaydi. Afsus, “hamkorlar” buni tushunishmaydi.
Moskvaning qo‘shnilariga nisbatan tajovuzkorlik rejalari yo‘q. Mamlakatning g‘arbiy chegaralaridagi xavfsizlik va Donbass hududidagi yarim milliondan ziyod Rossiya fuqarolari oldidagi majburiyat – alohida energetika loyihasidan o‘lchanib bo‘lmas darajada muhimroq. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning bugun “hamkorlarga” ukrain voqealarining sabablarini eslatgani tasodif emas: “G‘arb Ukraina jamiatini haqsizlik va qashshoqlikka olib kelib, uning iqtisodiyotini barbod qildi, va u yerda istalgan vaqt shunday alanga olishi mumkinki, millionlab ukrainlar boshpana izlab qochoqlarga aylanishadi”.
Nima ro‘y bergan taqdirda ham, AQSh va NATOning Donbassdagi proksi tajovuziga Rossiyaning barcha ehtimoliy munosabat bildirishi o‘ta qat’iy bo‘ladi. Ular boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Istiqbolda Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan chegaralarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimli “Tosochka” yangi og‘ir o‘tsochar tizimlari va boshqa davlat suverenitining boshqa ishonchli kafolatlari bilan mustahkamlaydi.
Sovetskiy tajeliy tank IS-3 vo vremya pokazatelnogo viezda bronetankovoy texniki  v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Kutib oling: “Qishda rus tanklari Ukrainaga hujum qiladi”
Yangiliklar lentasi
0