Jamiyat

Ekologik kelajak: Glazgo anjumanida Oʻzbekiston qanday tashabbusni qabul qildi

© AFP / Daniel Leal-OlivasEkologicheskiye aktivistы Extinction Rebellion ustroili aktsiyu protesta na ulitsax Sent-Ayvs, Kornuoll, vo vremya sammita G7
Ekologicheskiye aktivistы Extinction Rebellion ustroili aktsiyu protesta na ulitsax Sent-Ayvs, Kornuoll, vo vremya sammita G7  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Glazgo Iqlim konferentsiyasida Oʻzbekiston 2030 yilga qadar atmosferaga tashlama gazlarini 35%ga kamaytirish rejasini belgilab oldi.
TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Noyabr oyining boshida Shotlandiyaning Glazgo shahrida boʻlib oʻtgan COP-26 umumjahon ekologik anjumanida Oʻzbekiston qanday tashabbuslarni oʻz zimmasiga qabul qildi?
Bu haqida Oʻzbekiston Gidrometerologiya markazining bosh direktori oʻrinbosari Ibratjon Karimov AOKAda boʻlb oʻtgan matbuot anjumanida batafsil hikoya qilib berdi.
Karimov aytishiga koʻra, Markaziy Osiyo hududida iqlim oʻzgarishi dunyoning boshqa joylariga nisbatan 2 baravar tez amalga oshayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli Oʻzbekiston Glazgoda taklif qilingan tashabbuslarning aksariyatini qoʻllab-quvvatladi.

"Oʻzbekiston Parij bitimi doirasida 2010 yilda tashlama gazlar miqdorini 10%ga kamaytirishni oʻz zimmasiga olgan boʻlsa, 2030 yilgacha atmosferaga tashlama gazlarini 35%ga kamaytirish ambitsioz rejasini belgilab oldi", - dedi Gidrometerologiya markazi direktori oʻrinbosari.

Ibratjon Karimov aytishiga koʻra, COP-26 anjumani yakunida "Glazgo iqlim pakti" (Glasgow Climate Past) qabul qilindi. Ushbu halqaro hujjatni 200dan ortiq davlatlar imzolagan. Iqlim paktiga, kelajakda atrof muhitga tashlanayotgan chiqindilarni kamaytirish maqsadida quyidgilar haqida kelishib olingan:
Asosiy maqsad - 21 asr oxiriga qadar global harorat koʻtarilish darajasini tselsiy buyicha 1,5 daraja miqdorida ushlab turish kelishildi. Ushbu maksadga erishin uchun dunyoning 500ta eng yirik kompaniyalari tomonidan 130 trillion dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan;
2030 yilga qadar atrof-muhitga eng koʻp zarar keltiruvchi koʻmirdan foydalanishni cheklash 200dan ortiq davlatlar tmonidan qoʻllab-quvvatlandi. Xitoy, Rossiya, AQSH, Hindiston va Avstraliya - ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlamadi;
2030 yilga qadar zarari boʻyicha ikkinchi oʻrinda boʻlgan metan yoqilgʻisidan foydalanishni 30 %ga cheklash haqida 100dan ortiq davlatlar kelishib olishdi;
2030 yilgacha boʻlgan davrgacha 130dan ortiq davlatlari oʻrmonlar va boshqa ekotizimlarni saqlab qolishga kelishib olishdi;
2040 yilga qadar transportni dekarbonizatsiya qilish, 11ta avtomoibl ishlab chiqaruvchilari ushbu gʻoyani qoʻllab-quvvatlashdi va eletkromobillar ishlab chiqarishni tasdiqladi;
2050 yilga qaldar aviatsiya sohasi ham dekabronizatsiya qilishga kuyelishib olindi;

Maʼlumot uchun 3-12 noyabr kunlari Shotlandiyaning Glazgo shahrida BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasining 26-yigʻilishida 200 ta davlatdan 25 mingdan ortiq vakillar, jumladan, 120 nafar davlat rahbarlari qatnashdilar. Ushbu Anjumanda Parij bitimi doirasida amalga oshirilgan ishlarni oraliq sarhisobi boʻyicha hisobot hamda Konventsiyaga aʼzo davlatlarning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha yangi majburiyatlarni kelishish muhokama qilindi.
Lyudi naslajdayutsya jarkoy pogodoy na plyaje v Bornmute, Velikobritaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2020
Jamiyat
Meteorologlar iqlim yaqin besh yilda qay darajada oʻzgarishini aytishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala