Jamiyat

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “tadbirkorlar” aniqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishElektrik ustanavlivayet sovremennыy elektroschetchik
Elektrik ustanavlivayet sovremennыy elektroschetchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. “Oʻzenergoinspeksiya” tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazib bormoqda.
Joriy yilning oʻtgan davrida ayrim “tadbirkorlik subʼyektlari” tomonidan 9 mlrd 504 mln soʻm miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
“Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 107 ming aholi isteʼmolchining 1 oylik isteʼmolini tashkil qiladi. Oʻtkazilgan tekshirish hujjatlari qonun doirasida chora kurilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan”, - deyilgan Energetika vazirligi xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala