Jamiyat

Odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar roʻyxati yuritiladi

© Depositphotos / AndreyPopovMolotok i naruchniki na stole u sudi
Molotok i naruchniki na stole u sudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 24 noya – Sputnik. Hukumat qarori bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.
Bazaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar;
odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga koʻrsatilgan yordam natijalari;
jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.
Maʼlumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi.
Soʻrovnoma tushganidan soʻng uning natijasi boʻyicha besh kunda javob yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala