Iqtisod

Orolboʻyi mintaqasidagi tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
2025 yil 1 yanvargacha Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida tadbirkorlar uchun ayrim soliqlar kamaytiriladi.
TOSHKENT, 24 noya – Sputnik. Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan:
2031 yil 1 yanvargacha Moʻynoqdagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar uchun:
foyda va daromad soligʻi, aylanmadan olinadigan va ijtimoiy soliqlar 1 foiz;
mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun soliq 1 foiz etib belgilandi;
2025 yil 1 yanvargacha Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida tadbirkorlar uchun:
foyda soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soligʻi 50 foizga kamaytiriladi;
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallar bojxona bojidan ozod qilinadi;
Xorazmda yangi qurilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga yer soligʻi boʻyicha imtiyozli davr besh yil etib belgilandi.
Qoraqalpogʻiston uchun Davlat byudjetidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari kamida 50 milliard soʻm etib belgilandi.
Xorazmdagi past rivojlanayotgan va ishsizlik yuqori boʻlgan 98 ta mahalla uchun 2022–2026 yillar davomida:
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 250 mlrd soʻm kredit ajratiladi;
davlat byudjetidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha Orolboʻyi mintaqasidagi kichik tadbirkorliklarga korxona uchun zarur asbob-uskunalarni olib kelish vaular ishlab chiqargan mahsulotlarni boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bogʻliq tashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Shuningdek, mahalliy eksportchilar ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda, ularning Kaspiy dengizigacha tashish bilan bogʻliq transport xarajatlarini toʻliq qoplab beriladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Iqtisod
Ayrim hududlarda alohida soliq rejimi joriy etildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala