Iqtisod

Oʻzbekiston bilan hamkorlik YEOII uchun strategik ahamiyatga ega - Malkina

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Oʻzbekiston bilan hamkorlik YEOII uchun strategik ahamiyatga ega - Iya Malkina
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekiston bilan hamkorlik YEOII uchun strategik ahamiyatga ega, deb aytdi Yevrosiyo iqtisodiy komissiya hayʼati raisi yordamchisi Iya Malkina brifingda.
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kыrgыzstana Akramom Madumarovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston YEOII davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor – Abdulla Aripov
Uning nutqidan eng muhimi:
2020 yil yakuni boʻyicha YEOIIning butun tashqi savdosining 2 foizi Oʻzbekistonga toʻgʻri keladi;
Oʻzbekiston – MDH davlatlari orasida, YEOIIga aʼzo boʻlmagan, Ukrainadan keyin ikkinchi YEOIIning savdo sherigi.
Joriy yil yanvar-sentyabrga qadar, YEOIIning Oʻzbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16 %ga oshdi. Tashq savdo aylanmasi 7,8 mlrd $ga yetdi: eksport 5,6 mlrd $, import 2,2 mlrd $.
“Biz Oʻzbekiston bilan Ittifoqning barcha davlatlari bilan hamkorlik qilishni yanada faollashtirishga umid qilamiz. Bunga joriy yilda imzolangan 2021-2023 yillarda YEIK bilan hamkorlik memorandumni yordam beradi. Hujjatlar kuzatuvchi-davlat maqomini toʻliq amalga oshirish uchun qoʻshimcha infratuzilmani yaratadi va shu bilan hamkorlik tizimlashuvini taʼminlaydi", - dedi YEIK hayʼat raisi yordamchisi.
Ayni paytda Oʻzbekiston hukumati va komissiya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar boʻyicha yoʻl xaritasini kelishish boʻyicha ish olib borilmoqda. Loyihani Oʻzbekiston tomoni tayyorlab, 28 oktyabr kuni bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umirzakov tomonidan YEIK hayʼati raisi Mixail Myasnikovga taqdim etildi.
Oʻzbekiston bilan savdo sohasidagi hamkorlik savdo koʻlami, savdo qilingan tovarlar nomenklaturasining kengligi boʻyicha YEOII uchun strategik ahamiyatga ega.
2020 yil dekabrda Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oldi.
Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. 2021 yil aprel oyida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish haqida memorandum imzoladi. Shuhrat Shukurov respublikaning Ittifoqidagi vakili etib tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala