Jamiyat

Qozogʻiston mudofaa vaziri "Chimyon" harbiy oʻquv markazi bilan tanishdi

© Minoboronы UzbekistanaVoyennoye sotrudnichestvo Uzbekistana i Kazaxstana
Voyennoye sotrudnichestvo Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Qozogʻiston delegatsiyasi "Termiz" dala oʻquv maydonida oʻtkazilayotgan "Hamkorlik-2021" oʻzbek-qozoq oʻquvlarining faol bosqichini kuzatish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Qozogʻiston Respublikasi harbiy delegatsiyasi Toshkentdagi “Gʻalaba bogʻi”ga hamda "Chimyon" togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashqlar markaziga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
© Minoboronы UzbekistanaVizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent
Vizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Vizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent
Dushanba kuni Qozogʻiston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining "Chimyon" togʻ tayyorgarligi oʻquv-mashqlar markazi va va Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlar ushbu markaz hamda yetakchi oliy harbiy taʼlim muassasasida harbiy xizmatchilarning kasbiy professional mahoratini takomillashtirishga qaratilgan moddiy baza va yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni mehmonlar alohida eʼtirof etishdi.
Maʼlumot uchun, Dushanba kuni Toshkentda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Qozogʻiston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanovlar boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qilgan edi.
© Minoboronы UzbekistanaVizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent
Vizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Vizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent
Uchrashuvda qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarining joriy holati hamda istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi va maxsus hujjatlar imzolandi.
Shu kunning oʻzida Qozogʻiston harbiy delegatsiyasi poytaxtimizdagi "Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻlib, u yerdagi “Matonat madhiyasi” majmuasi poyiga gulchambar qoʻydi, bogʻ ichidan oʻrin olgan "Shon-sharaf" muzeyidagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
© Minoboronы UzbekistanaVizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent
Vizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Vizit ministra oboronы Kazaxstana v Tashkent
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala