Rossiya va O‘zbekistonda bojxona xizmati vakolatxonalari ochiladi - Putin topshiriq berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy tamojenniy forum
Mejdunarodniy tamojenniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borish haqida topshiriq berdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ikki davlat bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitimni imzolash to‘g‘risida topshiriq berdi.
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Putin va Mirziyoyev 18ta ikki tomonlama hujjat imzoladi
Bu haqda tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
“Rossiya Federatsiyasi hukumatining Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitimni imzolash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilsin; - deyilgan farmoyishda.
Putin O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib borish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmatiga va Rossiya hukumati nomidan mazkur bitimni imzolash haqida topshiriq berdi.
Yangiliklar lentasi
0