Dunyoda

Rossiya va Tojikiston birlashtirilgan havo mudofaa tizimi tashkil qilmoqda

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishPolk S-400 zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu
Polk S-400 zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Rossiya Tojikiston bilan MDH doirasida birlashtirilgan havo mudofaa tizimini tashkil qilish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilmoqda.
TOSHKENT, 24 noya - Sputnik. Vladimir Putin Rossiya va Tojikiston orasida birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi tashkil qilish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi taklifni Davlat Dumasiga kiritdi.
Ushbu shartnoma MDH hamkorlik doirasida Rossiya va Tojikiston ishtirokida birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi tashkil qilishni nazarda tutadi. Uning maqsadi hududning havo mudofaa tizimini kuchaytirishdir.
Xususan, tinchlik davrida Birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
birgalikda jangovar navbatchilik olib borish;
qurolli kuchlar, harbiy texnika, jangovar boshqaruv tizimlarini shay holatda saqlab turish;
Rossiya va Tojikiston Birlashtirilgan havo mudofaa tizimi tarkibiga kiruvchi qoʻshinlar va MDH havo mudofaa tizimlari orasida muloqotni yoʻlga qoʻyish va boshqalar;
Undan tashqari tashqi agressiya, tahdil va urush vaqtlarida Birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi belgilangan jangovar vazifalarni birgalikda bajaradi.
Birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi qoʻshinlarining, shuingdek Markaziy Osiyo hududidagi kollektiv xavfsizlik kuchlarining harakatlarni muvofiqlashtirish - Rossiya Havo kosmik kuchlari bosh qoʻmondoni tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnoma 5 yil muddatga moʻljallangan boʻlib, keyinchalik uning amal qilish muddati yana shunday muddatga chщzilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Rossiya va Tojikiston oʻrtasida Birlashtirilgan havo mudofaa tizimi yaratish haqidagi shartnoma 2021 yilning 27 aprel kuni Dushanbe shahrida imzolangan edi.
Rossiyskiye voyennыe delyatsya opыtom po protivovozdushnoy oborone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2021
Jamiyat
Rossiya harbiylari havo hujumidan mudofaa sohasida tajriba almashdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala